UZMIX

Test uchun sahifa

Sayt test uchun yaratilgan sahifa uchun.jknkjnkadnad daklndalkdnkald

22 Sep, 2026 19:22 28 views
Test uchun sahifa
Toshkent shahri hokimligi Alisher Navoiy nomidagi milliy kutubxonaning orqa hududida joylashgan 1,3 gektarlik yer uchastkasida davlat-xususiy sheriklik asosida avtoturargoh qurishni rejalashtirmoqda. Tashabbus muallifi boʻlgan Toshkent shahri hokimligi buni «tartibli avtoturargoh va jamoat makonini obodonlashtirish» loyihasi sifatida talqin qilmoqda. Texnik shartlarda mavjud daraxtlarni saqlash, yangi koʻchatlar ekish, piyoda va velosiped yoʻlaklari, dam olish, bolalar va vorkaut maydonchalarini tashkil etish ham belgilangan. Biroq markazdagi 1,3 gektarlik hududning asosiy funksiyasi avtoturargohga aylantirilishi rejasi jamoatchilikda savollar uygʻotmoqda. Gap Hyatt Regency Tashkent mehmonxonasi, Mustaqillik maydoni va Iqtisodiyot va moliya vazirligi binolari oraligʻida joylashgan, hozirda toʻliq koʻkalamzorlashtirilgan hudud haqida ketmoqda. Toshkent shahar hokimi Shavkat Umurzoqovning 2026-yil 14-sentabrdagi qarori bilan Milliy kutubxona ortidagi yashil hududda davlat-xususiy sheriklik loyihasini amalga oshirish shartlari tasdiqlangan. «Toshkent Invest» kompaniyasi davlat sherigi sifatida belgilanib, yer soligʻi stavkasi 514 mln 228 ming soʻm etib koʻrsatilgan. Shartlarga koʻra, bu hududda tashkil etiladigan avtoturargohdan tushadigan toʻlovlarning 15 foizi davlat sherigiga, 5 foizi esa «Pulli toʻxtash joyi» operatoriga oʻtkaziladi.
Back to all articles

Sorry!

The catalog has not been loaded yet. Please try again later or contact us.